Bu boradagi kelishuv joriy yilning 17-noyabr kuni Italiyaning Perudja xorijliklar universiteti rektori Valerio de-Chezaris (Valerio De-Cesaris) hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovlarning mazkur universitetda boʻlib oʻtgan uchrashuvida amalga oshirildi.
Xizmat safari davomida B.Xoliqov italiyalik hamkasbi bilan ikki oliy o‘quv yurti oʻrtasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan almashinuv dasturlari hamda yaqin kelajakda bo‘ladigan hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qilishdi.
Perudja xorijliklar universiteti rektori Valerio de-Chezaris O'zbekiston xorijlik talabalar uchun xavfsiz va qulay mamlakatligini, Samarqand davlat chet tillar instituti esa ishonchli hamkor ekanligini taʼkidlab, birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqarish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi.







Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
