Germaning Humboldt universiteti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Germaniyaning Berlin shahrida "Ta'limdan sanoatgacha: O'zbekiston-Yevropa Ittifoqi ko'p viktorli hamkorlik istiqbollari" mavzusida tashkil etilgan O'zbekiston va Germaniya oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi doirasida  Humboldt universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbarlari o'rtasida Hamkorlik Bitimi imzolangani haqida xabar bergandik.

SamDCHTI rektori Bahodir Xoliqov Humboldt universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti direktor o'rinbosari, professor Manya Shtefan hamda mazkur institutning o'zbek tili fani o'qituvchisi Ayfer Durdular bilan uchrashdi. 

Unda oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari keng muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi. Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi, ilm-fan rivoji sari muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Share:
2025-11-21 17:20:48 26