SamDCHTI italyan tili professor-o‘qituvchilari uchun Erasmus+ loyihasi doirasida malaka oshirish imkoniyati yaratildi

Mazkur kelishuvga Italiyada xizmat safarida bo‘lib turgan Samarqand davlat chet tillar instituti “Ispan va italyan filologiyasi” kafedrasi mudiri A. Shomahmudova hamda katta o‘qituvchi M. Hakimovlarning Italiyaning Siena xorijliklar universiteti mas’ullari bilan o‘tkazgan uchrashuvida erishildi.

Italiyalik talabalarning Samarqand davlat chet tillar institutida til kurslari va yozgi maktablarda qatnashishga bo‘lgan qiziqishlari tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ushbu kurslar italyan tilida yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hozirgi kunda amalga oshirilayotgan almashinuv dasturlari hamda yaqin kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur universitetning Ispan tili yo‘nalishi direktori bilan ispan tili bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

SamDCHTI professor-o‘qituvchilari Siena xorijliklar universiteti talabalariga ispan va italyan tillarida ma’ruzalar o‘qishdi.

 

Share:
2025-11-21 17:28:29 72