SamDCHTIda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

Joriy yilning 24–27-noyabr kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida Fransiyaning Paul-Valéry Montpellier III universiteti bilan hamkorlikda “Fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlash: yangi istiqbollar va o‘qitish uslublari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Paul-Valéry Montpellier III universiteti professorlari Elodie Lang, Bénédicte Pivot va Patricia Gardies, shuningdek Qozog‘istonning L. Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Yesenov nomidagi davlat universiteti, Tojikistonning Dushanbe davlat universiteti hamda mamlakatimizning turli oliy o‘quv yurtlaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Sohaning yetuk mutaxassislari fransuz tilini o‘qitishning zamonaviy va samarali uslublari, shuningdek, kelgusi istiqbollari haqida ma’lumotlar taqdim etdilar.

Seminar-trening doirasida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hamda Xalqaro Fransuz tili kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Yig‘ilganlarga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. G‘aybullayev institut rektori B. Xoliqovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Paul-Valéry Montpellier III universiteti professori Patricia Gardies, Dushanbe davlat universiteti professori S. Sultonzoda, L.Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti doktoranti R. Bisenbiyeva va boshqa ishtirokchilar institutda uyushqoqlik bilan tashkil etilgan tadbirlar jarayonida erishilgan yutuqlar, orttirilgan bilim va tajribalar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Besh kun davom etgan seminar-treningda faol qatnashgan o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi. Tadbirning badiiy qismida esa SamDCHTI talabalari tomonidan ijro etilgan fransuz tilidagi qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari mehmonlar e’tirofiga sazavor bo‘ldi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

 

Share:
2025-11-27 18:06:08 1345