Samarqand davlat chet tillar institutida “Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusida seminar tashkil etildi

Tadbirda so‘zga chiqqan institut mas’ullari, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi G. Qodirova va qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Hamraqulov talabalar uchun inson huquqlari va erkinliklarining ahamiyati, huquqiy madaniyatni oshirish, amaldagi qonunchilik talablari bilan tanishish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat organlari faoliyati haqida tushunchalar berishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-11-27 18:11:08 1396