Talaba yoshlar o‘rtasida ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirni institut rektori B. Xoliqov ochib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Konferensiyada turli oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘z ilmiy maqolalari bilan qatnashib, ilmiy izlanishlarining natijalarini keng jamoatchilikka taqdim etishdi. Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda yoshlar ilmiy salohiyatini kuchaytirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ishtirokchi talabalar o‘z chiqishlari orqali ilmiy yangiliklar, analitik yondashuvlar va innovatsion takliflarni ilgari surdilar. Bu esa talaba yoshlar orasida ilmiy salohiyat tobora yuksalayotganidan dalolat beradi.
Ushbu tadbir ilm-fan va ta’lim sohasida yoshlarning faolligini oshirish, ularning intellektual rivojiga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.
Anjuman yakunida faol ishtirok etgan talabalarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
