“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirdan avval davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari tomonidan yaratilgan sunʼiy intellekt loyihalari va startaplar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari forumning ochilishida nutq soʻzlab, SI bo‘yicha islohotlar samasari va kelgusidagi vazifalarga to‘xtaldi. Jumladan:

➖AT sohasida taʼlim berayotgan oliy taʼlim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi.

➖Kelgusi yilda NVIDIA bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushiriladi;

➖“5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi va 2030-yilgacha 4,75 mln o‘quvchi-talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi SI bo‘yicha o‘qitiladi.

➖Har yili noyabr oyi “Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi” sifatida o‘tkaziladi va “Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi” muntazam tashkillashtiriladi.

Share:
2025-11-28 18:21:50 69