Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Germaniyaning Toshkentdagi Gyote institutining yangi tayinlangan direktori — Barbara Anna Bernsmeier xonim Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

Institut rektori Bahodir Xoliqov va Barbara Anna Bernsmeier o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliygohda nemis tili va adabiyoti o‘qitilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Germaniya universitetlari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Suhbat davomida Bahodir Xoliqov “DLL — Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish” tanlov-fan loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi va mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Barbara Anna Bernsmeier xonimga minnatdorlik bildirildi.

Barbara Anna Bernsmeier xonim Gyote instituti tomonidan kelgusi yillarda til dasturlari uchun yanada ko‘proq stipendiyalar ajratilishi, yangi ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro tajriba almashuvini kuchaytirish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-11-28 19:22:49 129