SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI ERASMUS+ KA171 PROFESSOR O"QITUVCHILAR MOBILLIGI UCHUN RASMIY E’LON (2025/2026)

Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDChTI) hamkor universitetimiz — Uelva Universiteti (University of Huelva, UHU) bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida 2025/2026 o‘quv yili uchun Erasmus+ KA171 xodimlar mobilligi dasturi doirasida nomzodlarni tanlash jarayonini e’lon qiladi.

Mazkur e’lon akademik va ma’muriy xodimlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, UHUda:

  • Malaka oshirish (STT)
  • O‘qitish (STA)

mobilligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

UHU tomonidan ajratilgan mablag‘ quyidagi Erasmus+ KA171 loyihalari doirasida taqdim etiladi:

  • 1 ta o‘rin — Project 2023-1-ES01-KA171-HED-000131668
  • 1 ta o‘rin — Project 2024-1-ES01-KA171-HED-000208439

Ishtirok etish uchun tavsiya etilgan muddat:

📅 2026-yil 4–8 may — UHU International Week

(afzal variant, UHU tomonidan tavsiya etiladi)

Ikkinchi xalqaro haftalik:

📅 2026-yil 22–26 iyun

(agar may o‘rinlari band bo‘lsa)


1. UMUMIY TALABLAR

Nomzodlar quyidagi shartlarga javob berishi lozim:

  • Nomzod ariza topshirish vaqtida va mobillik davomida SamDChTIda rasman ishlayotgan bo‘lishi.
  • Mobillik ishtirokchining o‘zi yashaydigan, ishlaydigan yoki o‘qiydigan mamlakatda amalga oshirilmaydi.
  • Akademik xodimlar STT yoki STA turini tanlashi mumkin. Ma’muriy xodimlar faqat STT bo‘yicha qatnashadi.
  • Mobillik muddati: 5 ish kuni (2 kun yo‘l xarajatlari uchun qo‘shiladi).

2. ARIZA UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni to‘liq shaklda taqdim etadi:

  1. Motivatsiya xati
  2. Pasport nusxasi
  3. Til darajasi sertifikati (ispan va/yoki ingliz)
  4. CV (Yevropa formati tavsiya etiladi)
  5. SamDChTIda ishlayotganini tasdiqlovchi hujjat
  6. Rejalashtirilgan o‘quv/trening faoliyatlari qisqa mazmuni (Bu bo‘limda nomzod UHUda amalga oshirmoqchi bo‘lgan dars yoki trening faoliyatlarining qisqa mazmunini yozadi. Unda faqat asosiy mavzular, rejalashtirilgan mashg‘ulotlar va kutilayotgan natijalar ko‘rsatiladi.)

👉 Ariza shakli havolasi:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScjvR2a17M6T-CCOxBZPH4pgE8XBB1zzQGtHtEOAPQWfTJW0Q/viewform?usp=dialog


3. TANLOV MEZONLARI

Baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

Mezon

Ball

Rejalashtirilgan o‘quv/trening faoliyatlari qisqa mazmuni

60 ball

Til bilish darajasi

20 ball

Motivatsiya xati

20 ball

 

Tanlov shaffoflik, teng imkoniyat, raqobat tamoyillari asosida o‘tkaziladi.


4. MOLIYAVIY SHARTLAR

UHU tomonidan beriladigan stipendiya:

Kunlik stipendiya:

  • 2023 loyiha: 160 EUR/kun
  • 2024 loyiha: 170 EUR/kun

Safar xarajatlari:

  • 2023 loyiha: 820 EUR
  • 2024 loyiha: 1 188 EUR

Maksimal moliyalashtiriladigan muddat: 5 kun + 2 kun safar


5. NOMINATSIYA TARTIBI

SamDChTI tanlov komissiyasi tomonidan saralangan nomzodlar haqida:

  • to‘liq ism-sharif,
  • lavozim,
  • elektron pochta manzili,
  • pasport raqami

UHUga yuboriladi.

UHU Xalqaro bo‘limi nomzodlar bilan bevosita bog‘lanib, qabul xati, grant shartnomasi, mobillik rejasi va boshqa hujjatlarni yuboradi.


6. TANLOV NATIJALARINI E’LON QILISH

UHU talabi bo‘yicha quyidagilar majburiy ravishda SamDChTI saytida e’lon qilinadi:

  1. E’lon (ushbu matn)
  2. Ariza beruvchilar to‘liq ro‘yxati
  3. G‘oliblar ro‘yxati
  4. Kutuvchilar ro‘yxati

UHU mobillikni qabul qilish uchun e’lon va natijalar ommaviy tarzda e’lon qilingan bo‘lishi shart.


7. ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI

📅 Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati:

11-dekabr 18:00

Arizalar quyidagi manzilga topshiriladi:

📧 burxonov@samdchti.uz / utkirburkhon24@gmail.com  / intdep@samdchti.uz


8. Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📍 SamDChTI Ispan va italyan filologiyasi kafedrasi ispanzabon mamlakalatlar universitetlari bilan hamkorlik bo‘yicha mas’ul shaxs:

Utkir Burxonov,

📧 utkirburkhon24@gmail.com

📞 +99890 656 06 56

 

Share:
2025-12-09 11:41:14 217