Samarqand davlat chet tillari institutiga Xitoy–Shanxay hamkorlik tashkiloti Savdo-iqtisodiyot instituti Madaniy almashinuvlar va rivojlanish markazi direktori janob Li Ze Hang hamda Samarqand davlat chet tillari institutining maxsus vakili, Shinjon–Uyg‘ur Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari janob Tuerhong Silamular tashrif buyurishdi.
Institut rektori Bahodir Xoliqov va janob Li Ze Hang har ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab olishdi.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand davlat chet tillari institutida tahsil olayotgan xitoylik talabalar bilan uchrashib, ta’lim sifati, o‘quv jarayonlari hamda Samarqand shahri haqidagi taassurotlari yuzasidan suhbatlashishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
