Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi

        19-mart kuni SamDChTIga tashrif buyurgan Belgorod davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Vladislav A. Kuchmistyy va sifat va qo‘shimcha ta’lim bo‘yicha prorektor Vladimir A. Shapovalov bilan hamkorlik olib borish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi. 
       Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz va rus tillari, lingvistika, shuningdek, rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari hamda qo‘shma diplom dasturlarini amalga oshirish kabi  yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi.

Share:
2019-03-19 19:10:00 90