2025-yil 22-dekabr kuni oliy taʼlim tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi.
Muhokamada Toshkent farmatsevtika institutining farmatsevtika taʼlimi va ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish borasidagi ishlari, Toshkent davlat tibbiyot universitetining tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifati va klinik taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari alohida tahlil qilindi.
Sanoat ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan mutaxassislar tayyorlashda muhim oʻrin tutayotgan Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filiali faoliyati hamda chet tillari taʼlimi, xalqaro hamkorlik va akademik mobillikni kengaytirishda yetakchilardan biri boʻlgan Samarqand davlat chet tillari institutining kelgusi rivojlanish rejalari yuzasidan fikr almashildi.





English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
