“Rektor stipendiyasi” uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

"Rektor stipendiyasi" tanlovida Samarqand davlat chet tillar institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining (kunduzgi ta’lim shakli) 2-, 3-, 4-kurslarida tehsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.

“Rektor stipendiyasi” tanlovida ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar tanlovda ishtirok etish tartibi hamda mezon talablari asosida barcha hujjatlarni o'zi tahsil olayotgan fakultet dekanatiga joriy yilning 22-yanvar kuniga qadar topshirishlari lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

— sinov daftarchasidan ko‘chirma (transkript);

— kafedra tavsiyanomasi;

— ilmiy (ijodiy) rahbarning tavsiyanomasi;

— ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;

— ma’lumotnoma;

— passport nusxasi;

Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlarning kamida 5 ta ilmiy maqola yoki tezislari chop etilgan bo‘lishi kerak.

👉 Batafsil ma’lumot

Share:
2026-01-13 17:18:08 272