Xitoy Xalq Respublikasi bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Tsinghua universiteti tomonidan joriy yilning 27-yanvaridan 7-fevraliga qadar talabalar uchun qishki amaliyot dasturi tashkil etildi. Mazkur amaliyot dasturi doirasida talabalar Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lishib, O‘zbekiston–Xitoy iqtisodiy va madaniy hamkorligining modeli, uning shakllanish va rivojlanish bosqichlari hamda istiqbollari yuzasidan ilmiy-amaliy fikr almashishmoqda.

Bugun Li Jen Sin boshchiligidagi Tsinghua universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J. Nasrullayev qabul qildi.

Uchrashuvda har ikki oliy ta’lim muassasasining o‘quv-uslubiy va ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik borasidagi tajribasi hamda mavjud imkoniyatlari taqdim etildi. Shuningdek, tomonlar kelgusida ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha atroflicha muzokaralar olib borishdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari institutning Sharq tillari fakulteti, “Xitoy filologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashib, ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda akademik almashinuv istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Share:
2026-02-04 17:33:30 167