Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Veli universitetiga tahsil olish uchun yuborilmqoda

Samarqand davlat chet tillar instituti va Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Veli universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq, Sharq tillari fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish, turk tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Jamshid Urakov hamda Payariq xorijiy tillar fakulteti, ingliz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Rayhona Mirjalilova 2026-yilning 9-fevrali kunidan 30-iyun kuniga qadar bo‘lgan muddatda Anqara Hoji Bayram Veli universitetida tahsil olish maqsadida xorijiy safarga yuborilmoqda.

Turkiyaga ketayotgan talabalarni institut rektori Bahodir Xoliqov qabul qildi. Uchrashuvda rektor talabalarga Anqara Hoji Bayram Veli universitetidagi o‘qish va o‘rganish jarayonida bajarishlari lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab, kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, talabalar orttirilgan bilim va tajribalarni Vatanga qaytgach amaliyotda keng qo‘llashlari lozimligi alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-02-06 17:36:40 56