Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmon loyihasining keng jamoatchilik muhokamasi va targ‘ibotini tashkil etish maqsadida “Fikrlar marafoni” tadbiri o‘tkazildi.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Kuraxmedov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etib, mazkur farmon loyihasi yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi. Unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yoshlar hayotidagi ahamiyati, ta’lim sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, zamonaviy kasblarni egallash hamda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga oid qator muhim takliflar ilgari surildi.
Bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
