Joriy yilning 5-mart kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusidagi O‘zbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi o‘z ishini boshladi.
Nufuzli xalqaro anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi József Rózsa, Óbuda universiteti rektori Levente Kovach ochib berdilar.
Anjumanning ochilish marosimiga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muxsinjon Xolmuxamedov moderatorlik qilmoqda.

.jpg)




.jpg)



English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
