Rektor talabalarning muammo va takliflarini o’rganib chiqdi

Samarqand davlat chet tillar institutida talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning ijtimoiy holatidan xabardor bo‘lish, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mavjud muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida mas’ullar tomonidan talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga muntazam tashriflar amalga oshirilmoqda.

Institut rektori B. Xoliqov va Sharq tillari fakulteti mas’ullarining navbatdagi tashrif manzili ijara xonadonlari ko‘p joylashgan “Bog‘dod” va “Oltin asr” mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘ldi. Dastlab mahallalarda “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan ijtimoiy-ma’naviy muhit yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollar bilan suhbatlashildi.

Shundan so‘ng ijara xonadonlariga borilib, talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning qulay va xavfsiz muhitda istiqomat qilishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi hamda darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ularga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda turar joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Samarqand davlat chet tillar isntituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-03-19 13:45:14 16