Samarqand davlat chet tillari instituti rektori B. Xoliqov boshchiligida bir guruh mas’ullar Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalarining Samarqand shahrida ijarada yashayotgan xonadonlariga bordi.
Rektor talabalar bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdi. Xonadonlarda talabalarning munosib yashashlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda dars mashg‘ulotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari masalalariga e’tibor qaratdi. Talabalarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.
Shundan so‘ng “Nurli hayot” mahallasiga borildi. Rektor mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G. Rizaqulova bilan muloqotda bo‘lib, hamkorlikda talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlar egalari bilan uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari tashkil qilish, shuningdek, institutda mahalla yoshlari bilan sport musobaqalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish masalalari yuzasidan fikrlashib oldi.



.jpg)
.jpg)



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
