Samarqand davlat chet tillar institutida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bir qator sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tanlovlar o’tkaziladi.

Ma’naviy-ma’rifiy tanlovlar quyidagilar:
“Milliy taomlar” (Osh) tanlovi
“Ranglar jilosi” tanlovi
“Milliy soch o‘rish” tanlovi
“Zakovat” intellektual o‘yini
“Lapar aytish” tanlovi
“Alla aytish” tanlovi
“Kelin salom” tanlovi
Sport musobaqalari quyidagilar:
“Futbol” sport turidan musobaqasi
“Tosh ko‘tarish” sport turidan musobaqasi
“Arqon tortish” sport turidan musobaqasi
“Arm-Wrestling” sport turidan musobaqasi
“Stol tennisi” sport musobaqasi
“Milliy kurash” (to‘y kurash) sport musobaqasi
“Badminton” sport musobaqasi
“Lanka tepish” sport musobaqasi
Jamoaviy bahslarda g’olib bo’lganlar quyidagicha moddiy rag’batlantiriladi:
I o‘rinni egallagan guruh a’zolarining har biriga bazaviy stipendiyaning 2 (ikki) baravari miqdorida,
II o‘rin egallagan guruh a’zolarining har biriga bazaviy stipendiyaning 1,5 (bir yarim) baravari miqdorida,
III o‘rin egallagan guruh a’zolarining har biriga bazaviy stipendiyaning 1 (bir) baravari miqdorida.
Yakkalik bahslarda g’olib bo’lganlar quyidagicha moddiy rag’batlantiriladi:
I o‘rin bazaviy stipendiyaning 2 (ikki) baravari,
II o‘rin bazaviy stipendiyaning 1,5 (bir yarim) baravari,
III o‘rin bazaviy stipendiyaning 1 (bir) baravari miqdorida.
Musobaqa hamda tanlovlarda ishtirok etish istagida bo’lgan talabalar fakultet dekani o’rinbosariga murojaat qilishingiz so’raladi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
