Navro‘z umumxalq bayrami hamda Ramazon hayiti munosabati bilan saxovat ishlari amalga oshirildi

Navro‘z umumxalq bayrami hamda Ramazon hayiti ayyomlarida mehr-saxovat ko‘rsatish, bemorlar, keksalar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizda ming yillik qadriyat va ezgu an’ana sifatida e’zozlab kelinadi.

Samarqand davlat chet tillar institutida ham ushbu ezgu an’ana izchil davom ettirilmoqda. Institut rektori B. Xoliqovning tashabbusi bilan uzoq yillar davomida oliygohda samarali mehnat qilib, bugungi kunda farzand va nabiralar ardog‘ida keksalik gashtini surayotgan 10 nafar professor-o‘qituvchilarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi. Nuroniy ustozlarga bayramona sovg‘alar topshirilib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan 20 nafar kam ta’minlangan ishchi-xodimlarga moddiy yordam berildi. Bundan tashqari, o‘z mehnati bilan jamoada alohida e’tirof etilgan 10 nafar faol farroshlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-03-19 18:03:57 26