Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ulardagi yashirin iqtidorlarni yuzaga chiqarish maqsadida 2022-yildan buyon “Talabalar sport ligasi” o‘tkazib kelinmoqda.
An’anaga ko’ra Samarqand davlat chet tillar institutining Gulobod qo‘rg‘onida joylashgan Ingliz tili fakulteti hududida “Talabalar sport ligasi” doirasidagi sport musobaqalariga start berildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori B. Xoliqov yoshlarning bo’sh vaqtini samarali tashkil etish, bunda sport tadbirlariga alohida e’tibor qaratish, sportning inson salomatligini mustahkamlashi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u sportni keng ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni rag‘batlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Eng muhimi, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlardan samarali foydalanayotgan, turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi. Shundan so‘ng “Talabalar sport ligasi” sport musobaqalari boshlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
