Samarqand davlat chet tillar institutida “Yoshlar akademiyasi forumi” bo‘lib o‘tadi

Viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar akademiyasi liderlari hamda iqtidorli talabalari ishtirok etgan mazkur forumni institut rektori B. Xoliqov ochib berdi va uning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Ushbu forum Yoshlar akademiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida ilmiy-innovatsion faoliyatni keng targ‘ib etish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga innovatsion loyihalarni yaratish va rivojlantirish mexanizmlari, startaplarni moliyalashtirish imkoniyatlari, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlar, grantlar hamda stipendiyalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, forumda Yoshlar akademiyasi a’zolari, soha mutaxassislari va yuqori natijalarga erishgan yosh liderlar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi hamda o‘zaro tajriba almashildi. Ishtirokchilar o‘z innovatsion g‘oyalarini taqdim etish, mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish va amaliy tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Forum nihoyasida institutning nomdor stipendiatlari va ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan iqtidorli talabalari institut ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2026-03-26 22:09:00 146