Talabalar bilan muloqot: ish o‘rinlari va kelajak rejalari muhokamada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Samarqand davlat chet tillar institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirda Toyloq tumani hokimi B. Rahmatullayev institutda tahsil olayotgan toyloqlik talabalar bilan uchrashdi. Institut rektori B. Xoliqov olib borgan tadbirda hokim tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, u tumanda institut tomonidan tayyorlanayotgan malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, ularni ish bilan ta’minlash masalalari haqida ham to‘xtaldi. Ayniqsa, toyloqlik bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasi alohida muhokama markazida bo‘ldi.

Tadbirda talabalar institut rektori va tuman hokimidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv yakunida namunali xulq va iqtidorga ega bo‘lgan bir guruh talabalar tuman hokimligi tomonidan kitoblar to‘plami bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2026-03-26 22:13:50 86