Xalqaro konferensiya to‘plamiga maqolalar qabuli boshlandi

📣Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti  “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodika” hamda "Ingliz tili nazariy aspektlari" kafedralari tomonidan 2026-yil 29-30-aprel kunlari xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Konferensiya mavzusi: "Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodikalar: global tendensiyalar va ipak yo‘li universitetlari tajribasi” 

Anjuman sho‘balari:

1️⃣ Xorijiy tillar o‘qitishda global tendensiyalar va zamonaviy metodik yondashuvlar;
2️⃣ Xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan innovatsion metodikalar;
3️⃣ Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqot va lingvomadaniy yondashuvlar;
4️⃣ Ipak yo‘li universitetlari tajribasi: xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik.

🌐 Konferentsiya tillari:
O‘zbek, rus, ingliz tillari.

Har bir muallifga:👇

Sertifikat (elektron);
To’plam (elektron);
DOI raqam;

✅ Chop etilgan ilmiy maqolalar Yevropaning Zenodo va Open Aire, Rossiyaning Cyberleninka xalqaro bazalariga, hamda xalqaro nufuzli ilmiy baza Google scholar tizimida indekslanadi. Har bir maqolaga alohida DOI raqam beriladi

💵Maqola chop qilish narxi: 150 000 so'm

⏰ Muddat: 2026-yilning 25-apreliga qadar

Murojaat uchun ☎️ +998775221671
📩 E-mail
Telegram

AXBOROT XATI
INFORMATION LETTER
ИНФОРМАЦИОННОЕ ПИСЬМО

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-03-30 17:55:47 34