Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun


 

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov institutning talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Rektor talabalarning yashash sharoitlari, ularga yaratilgan qulayliklar hamda kundalik hayotini yaqindan ko‘zdan kechirdi. U talabalar bilan suhbat qurib, ularning o‘qish jarayoni, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda turar joydagi muhit haqidagi fikr-mulohazalarini tingladi.

Shuningdek, rektor talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport bellashuvlari va musobaqalar, kitobxonlikni targ‘ib etuvchi uchrashuv va tanlovlar samaradorligi qay darajada ekanligi bilan qiziqdi.

Bu kabi tadbirlar talabalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Tashrif doirasida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti jamoasi tashabbusi bilan talabalar uchun ulkan doshqozonda osh damlandi. Mazkur milliy taom talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarga tarqatildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-03-30 18:44:30 733