Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov Turkiyaga qilinayotgan xorij safarlari oldidan institut professor-o‘qituvchilari — I.Bayonxanova, Sh.Bazarova, A.Soliyeva, F.Valixo‘jayeva hamda Z.Musinovalar bilan uchrashdi.
Mazkur tashrif Turkiya Respublikasining “Baygenç” Yayıncılık (“Baygench”) nashriyoti hamda mamlakatimizdagi “The Most Reliable Publication” (“Eng ishonchli nashr”) va “Quality Publication” (“Sifatli nashr”) ilmiy-tadqiqot markazlari hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etishni maqsad qilgan.
Safar doirasida vakillarimiz turkiyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy nashriyot faoliyati va xalqaro tajribalarni o‘rganib, ularni institutimiz ta’lim jarayoniga keng joriy etish masalalarida muloqot olib boradilar.
Rektor uchrashuvda professor-o‘qituvchilarga safar davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar, xususan, nufuzli ilmiy markazlar bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
