SamDCHTI da 2018-yil 10-aprel kuni Britaniya Kengashi hamkorligida “Ilmiy tadqiqot ishlari va iqtisodiy rivojlanish: zamonaviy yondashuvlar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari” mavzusidagi seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminarni Britaniya Kengashi vakili Hikmatillo O’razbayev olib bordi. Seminar davomida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun qanday zamonaviy qulayliklardan foydalanish haqida aytib o’tildi. Bu borada xalqaro hamkorlik imkoniyatlari alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bundan ko’zlangan maqsad yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish va mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga o’z hissasini qo’shishga ko’maklashishdan iborat. Seminarda doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





