SamDCHTI Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari S. Rajabov raisligida institut Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab institutning tashkiliy tuzilmasiga yangi lavozimlar, tarkibiy bo‘linmalar va qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng, soha prorektorlarining 2025/2026-o‘quv yilida institutni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan "Yo‘l xaritasi"dagi vazifalar ijrosi yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Tadbirda o‘quv jarayonini takomillashtirish va raqamlashtirish, ta’lim sifati hamda samaradorligini yuksaltirish, ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy-tadqiqotlar natijadorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muassasadagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan TOP-1000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda institutning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarish bilan bog‘liq istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-04-22 13:52:48 35