Grinvich universiteti kansleri Lord Pol Boteng boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab institut kampusi, o‘quv jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Institutda tashkil etilgan ko‘rgazmalar va talabalarning musiqiy dasturi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shundan so‘ng, institut rahbariyati hamda delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori B.Xolikov va Lord Pol Boteng o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro ta’lim dasturlarini kengaytirish hamda ilg‘or ta’lim tajribalarini joriy etish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida delegatsiya tarkibidagi Digitus Network LLC (AQShning onlayn ta’lim va raqamli infratuzilma yo‘nalishida faoliyat yurituvchi) kompaniyasi bilan onlayn ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur kelishuv doirasida tomonlar xalqaro talabalarga mo‘ljallangan onlayn ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qabul va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimlarini yaratish, talabalar bilan ishlashning to‘liq siklini boshqarish hamda ta’lim jarayonini zamonaviy raqamli platformalar asosida tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishadi. Bunda hamkor kompaniya onlayn infratuzilma, operatsion tizimlar va xalqaro miqyosda talabalarni jalb etish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu kelishuv institutda zamonaviy onlayn ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro talabalarni jalb etish hamda ta’lim eksportini rivojlantirishga xizmat qiladi.

.jpg)


.jpg)

.jpg)


Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
