O‘zbekiston mazkur tadbirga ikkinchi bor mezbonlik qiladi. Ushbu xalqaro tadbirda xorijlik mehmonlarga Samarqand davlat chet tillar institutining tajribali professor-o‘qtuvchilari va talabalari volontyor va tarjimon sifatida xizmat ko’rsatishadi.
Tadbir oldi volontyorlar va tarjimonlar uchun maxsus seminar tashkil etildi. Unda Osiyo taraqqiyot banki xodimlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligidan mas'ullar, bosh shtab rahbari hamda Ichki ishlar mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda xorijlik mehmonlarga yuqori darajada sifatli xizmat ko‘rsatish, ularning dastlabki taassurotlarining ijobiy bo‘lishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tushunchalar, tavsiya va takliflar berildi. Ishtirokchilar xalqaro protokol, madaniyatlararo muloqot, tarjimonlikda aniqlik, muhimlik va soddalik kabi asosiy masalalar yuzasidan tushunchalarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, tadbirda volontyorlar ishtirokida mehmonlarni kutib olish, ular bilan samarali muloqot qilish, tarjimonlik jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.


.jpg)

.jpg)



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
