“Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodikalar: global tendensiyalar va Ipak yo‘li universitetlari tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o’tkazildi

“Innovatsion ta’lim texnologiyalari” hamda “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi hamkorligida “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodikalar: global tendensiyalar va Ipak yo‘li universitetlari tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi.

Mazkur nufuzli konferensiyani institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori O.G'aybullayev ochib berib, o‘z nutqida zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or tajribalarni joriy etish zarurati haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Undan so'ng SUN (Buyuk ipak yo'li universitetlari tarmog'i) asoschisi va bosh kotibi Sungdon Hwang ham mazkur konferensiyaning innovatsion ta'lim tizimining rivojlanishidagi ahamiyati haqida to'xtalib o'tdilar.

Anjuman davomida dunyoning turli nufuzli universitetlaridan tashrif buyurgan ma’ruzachilar o‘z ilmiy chiqishlari bilan ishtirok etib, xorijiy tillarni o‘qitish sohasidagi dolzarb masalalar, yangi metodik yondashuvlar hamda global tendensiyalar yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Konferensiya yakunida esa Jeniffer Musser, Amin Dehghan hamda professor Christo Ananth ishtirokida yuqori saviyada, mazmunan boy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan workshop tashkil etildi. Mazkur workshop ishtirokchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini yaratdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-05-05 20:08:25 9