Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining 9-yig‘ilishi bo‘ldi

Institut rektori B. Xoliqov raisligida o‘tgan mazkur tadbirda oliygoh faoliyatining o‘tgan davrdagi natijalari tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Shuningdek, aprel oyi davomida yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliy ko‘rildi. Murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ijro intizomini ta’minlash, bu borada mas’uliyat va tezkorlikni oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilishda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni ilm-fanga yo‘naltirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish borasidagi takliflar ilgari surildi.

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, joriy yil bitiruvchilari uchun diplom loyihalari va yakuniy attestatsiya jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-05-05 20:31:48 12