Samarqand davlat chet tillar institutida talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida sport sinovlari tadbiri tashkil etildi.
Uni institut rektori B.Xoliqov ochib berib, sport musobaqalarida ishtirok etayotgan talabalarga omad va muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, rektor yoshlarni jismonan barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Fakultetlar jamoalari sport sinovlari chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va jamoaviy hamjihatlik borasidagi mahoratlarini namoyon etishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
