IMOM ISMOIL AL-BUXORIY HAQIDA MUHIM 12 TA FAKT 12 TILDA

1. Imom Buxoriy 810-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan bo‘lib, islom olamida “Muhaddislar imomi” va “Hadis ilmining sultoni” unvonlari bilan e’zozlanadi.
2. Uning otasi Ismoil ibn Ibrohim o‘z davrining ishonchli roviylaridan biri bo‘lib, halol tijorat bilan shug‘ullangan va ilm ahliga yaqin inson sifatida tanilgan.
3. Imom Buxoriy juda yoshligidan — taxminan 5–6 yoshidan hadislarni yodlashni boshlagan, 10 yoshga yetmasdan ilmiy bahslarda qatnasha oladigan darajaga yetgan.
4. U 16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga haj safariga boradi va shu safardan keyin ilm talabida uzoq muddat safarlarni boshlaydi.
5. Imom al-Buxoriy Hijoz, Iroq, Shom, Misr va Xuroson kabi hududlarda bo‘lib, minglab ustozlardan hadis rivoyat qilgan.
6. U hadis ilmini o‘rganishda nihoyatda qat’iy mezon qo‘llab, rivoyatchilarning ishonchliligi va sanadning uzluksizligini sinchiklab tekshirgan.
7. Uning eng mashhur asari — "Al-Jomi' as-Sahih" bo‘lib, u Qur’ondan keyingi eng ishonchli manba sifatida e’tirof etiladi.
8. Imom Buxoriy yana "Al-Adab al-Mufrad", “At-Tarix al-Kabir” kabi asarlarni ham yozib, hadis ilmi va axloqiy tarbiya rivojiga katta hissa qo‘shgan.
9. Alloma jami 600 mingga yaqin hadisni yod bilgan, ulardan eng ishonchli qismini tanlab o‘z asarlariga kiritgan.
10. Imom Buxoriy 870-yilda Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘ida vafot etgan bo‘lib, bugungi kunda u yerda muhtasham ziyoratgoh majmuasi mavjud.
11. Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisoblanib, ularning o‘zaro munosabatlari ibratli bo‘lgan.
12. Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991–96-yillarda 4 jildda nashr etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-05-14 17:47:56 33