Xorijning nufuzli oliygohlarida malaka oshirishni xohlaysizmi?

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanmish Turkiyaning Top-600 talikka kirgan Hacettepe universitetida malaka oshirish va xalqaro tajriba almashish dasturi o‘zbekistonlik pedagog va tadqiqotchilar uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Universitet pedagog va tadqiqotchilarni bir oylik malaka oshirish kursiga taklif etadi.

Dasturning eksklyuziv imkoniyati:

Kursni muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilar Hacettepe universitetida 16 soatlik ma’ruza (lecture) o‘qishadi. Bu sizning xalqaro miqyosdagi akademik nufuzingizni oshirishga xizmat qiladi!

Dastur yo‘nalishlari (jami 144 soat):

1. Pedagogik mahoratini oshirish: Zamonaviy metodika va ta'limda innovatsiyalar.

2. Ta’limda sun’iy intellekt: AI texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

3. Turk xalqi madaniyati va tarixi: Madaniy meros va til o‘rganish.

4. Xalqaro ma’ruza soatlari: Ishtirokchilar tomonidan o‘tiladigan 16 soatlik amaliy mashg‘ulotlar.

Nega ushbu dasturda qatnashish kerak?

Xalqaro reyting: Dunyo bo‘yicha 571-o‘rinda turuvchi universitet tajribasi.

Sertifikat: Hacettepe universiteti tomonidan beriladigan xalqaro darajadagi sertifikat.

Akademik o‘sish: Turkiyadagi nufuzli auditoriyalarda ma’ruza o‘qish va xalqaro hamkasblar bilan aloqa o‘rnatish.

Muddat va bog‘lanish:

Davomiyligi: 1 oy (144 soat).

Qabul qilish sanasi: 25-maygacha.

Murojaat uchun telefon: +998 97 920 5225.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-05-16 14:21:40 34