SamDCHTI talabasi yana jahon chempioni bo'ldi

Samarqand davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti Charos Balikova Turkiyaning Kemer shahrida joriy yilning 3-16 may kunlari sportning 64 katakli shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi!

Imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada 10 ga yaqin davlatdan 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi. Uch yo‘nalishda bellashgan Charos quyidagi yutuqlarga erishdi:

➡️Blitz yo‘nalishida – 1-o‘rin;
➡️Rapid yo‘nalishida – 1-o‘rin.
➡️Klassik yo‘nalishida – 2-o‘rin;

Shu tariqa u ikkita yo‘nalishda jahon chempioni bo‘ldi!

Institut Sport Klubi raisi o'rinbosari Abduhamid Musayev murabbiyligida Charos qo‘lga kiritgan bu yutuq ilm va sport uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi!

 

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-05-19 16:11:12 5