Samarqand davlat chet tillar institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J. Nasrullayev, Roman-german tillari fakulteti dekani O‘. Sattorov va “Ispan va italyan tillari” kafedrasi dotsenti U. Burxonovlar Ispaniyaning IES Lluis Simarro instituti tomonidan amalga oshirilayotgan Erasmus+ xalqaro mobillik dasturi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishadi.
Joriy yilning 24–30-may kunlari Ispaniyaning Xativa shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur dastur Erasmus+ doirasida moliyalashtiriladi hamda unda akademik hamkorlik, tajriba almashish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etiladi.
Dastur davomida ishtirokchilar IES Lluis Simarro instituti vakillari bilan uchrashuvlar, xalqaro loyiha faoliyati bilan bog‘liq muhokamalar, ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda qatnashadi.
Ispaniya safari oldidan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov mazkur xalqaro mobillik dasturida ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilarni qabul qildi. Rektor ularga xalqaro dasturda samarali ishtirok etish, Erasmus+ doirasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda tashrif natijalarini institutning xalqaro faoliyati va ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.
Ushbu xalqaro mobillik dasturi Samarqand davlat chet tillar institutining Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan akademik hamkorligini rivojlantirish, xalqaro loyiha faoliyatini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va rahbar xodimlarning xalqaro tajribasini oshirish hamda institutning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.






Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
