SamDCHTIda 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda institut rektori B. Xoliqov mas’ullarga bu yilgi qabul jarayonining ustuvor vazifalarini belgilab berdi.

Rektor o‘z faoliyatini boshlayotgan qabul komissiyasi a’zolari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarga to‘xtalib o‘tarkan, faoliyat amaldagi qonunlar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida bo‘lishini, har bir xodimdan yuksak e’tibor va qat’iy tartib-intizom talab etilishini, asosiy mezon esa adolat va ochiqlik bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan qilinayotgan murojaatlarga aniq, batafsil hamda tezkor javob qaytarish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Tashkil etilgan “Call-markaz” hamda “Maslahat markazlari” faoliyatini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini yuqori bosqichga olib chiqish choralari belgilab olindi.

 

Share:
2026-06-08 15:46:32 22