Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Institut rektori B. Xoliqov raisligida o‘tgan mazkur tadbirda oliygoh faoliyatining o‘tgan davrdagi natijalari tahlil qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, tizimda uchrayotgan mavjud kamchilik va muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan aniq taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Tadbirda yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi. Murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, bu borada mas’uliyat va tezkorlikni oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Talabalarni ilm-fanga kengroq yo‘naltirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda iqtidorli yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish borasidagi takliflar ilgari surildi.

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, joriy yil bitiruvchilari uchun diplom loyihalari va yakuniy attestatsiya jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-06-08 15:51:15 12