Siz, Samarqand davlat chet tillar institutida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida, fanlar bo‘yicha yakuniy imtihonlardan olinadigan nazorat ishlarida hamda o‘quv jarayonlarida adolatsizlik va korrupsion harakatlar ro‘y berayotgani yoxud turli moddiy qiymatlar (pul, qimmatbaho sovg‘alar) talab qilinayotgan holatlarga duch kelmoqdamisiz?
Yuzaga kelayotgan bunday muammolar va ularning yechimi borasida fikr hamda takliflaringiz bormi? Unda bizga murojaat qiling, Sizga yordam berishga tayyormiz.
❗️Bu borada Siz ''SamDCHTI Adolat boti''ga yoki fakultetlar binosining kirish qismida o’rnatilgan “Adolat qutisi”ga o‘z murojaatingizni, fikr hamda takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, taklif, shikoyat va murojaatlar maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi. Shaxsingiz, albatta, sir saqlanadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
