Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun talabalar qabuli jarayonlarini yuqori saviyada, shaffof, adolatli va korrupsiyadan xoli tarzda tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi.
Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda qabul komissiyasi mas’ullari va a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaning oldini olish – ta’lim tizimining samaradorligi va adolatliligini ta’minlashning eng muhim omili ekanligini ta’kidlashdi. Qabul jarayonida hujjat topshirayotgan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish muhokama qilindi. Qabul jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

.jpg)


.jpg)

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
