Abituriyent testga kirish uchun qancha to'lov qiladi?

O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari belgilangan.

Ayni paytda bir BHM – 412 ming so‘m, yarim baravari esa 206 ming so‘m.

❗️Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi.

To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:

👉 o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
👉 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
👉 mehribonlik uylari bolalari;
👉 bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
👉 “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-06-10 11:08:56 44