Ispaniyaning Madrid shahrida Oʻzbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi oʻz ishini boshladi

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov ham ishtirok etmoqda. Forumning birinchi kuni B. Xoliqov Ispaniyaning Alianza 4 Universidades (A4U) (4 ta universitet ittifoqi) alyansining xalqaro Erasmus+ loyihalarini boshqarish boʻyicha koordinatori Iris del Pino Garsia Saavedra bilan muzokaralar olib bordi va Erasmus+ loyihalarida hamkorlikda ishtirok etishga kelishib olindi.

Shuni ta’kidlash joizki, SamDChTI bugungi kunda Ispaniyaning Kastilya-La-Mancha, Kadis, Salamanka universitetlari hamda IES Lluis Simarro instituti bilan ispan tilini oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha Erasmus+ KA171 dasturi doirasida talabalar hamda professor-oʻqituvchilar almashinuvi loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

Forum bugun va 12-iyun kunlari Barselona universitetida davom etadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2026-06-12 12:37:11 9