Ispaniya va O‘zbekiston rektorlari forumining ikkinchi kuni

Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ispaniya va O‘zbekiston rektorlari forumida qatnashayotgan Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Ispaniyaning nufuzli Pablo de Olavide nomidagi Sevilya universiteti rahbariyati o‘rtasida hamkorlik Bitimi imzolandi.

Unga ko‘ra endilikda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ispan tilini o‘qitish sifatini yangi bosqichlarga olib chiqish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikda Erasmus+ xalqaro dasturi doirasida akademik mobillik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish kabi yo‘nalishlardagi ishlar tizimli ravishda olib boriladi.

Bu kelishuv talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun Yevropada ta’lim olish va malaka oshirish borasida yangi istiqbollarni ochadi!

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-06-12 18:06:59 8