SamDCHTI hamda Barselona universiteti oʻrtasida ham hamkorlik toʻgʻrisida muhim Bitim imzolandi

Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan Ispaniya va Oʻzbekiston rektorlari forumi Barselona universitetida davom etdi. Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri mezbonlik qilgan ushbu anjuman doirasida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Barselona universiteti oʻrtasida ham hamkorlik toʻgʻrisida muhim Bitim imzolandi.

Har ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida 2025-yildan buyon akademik mobillik hamda Erasmus+ dasturlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida muzokaralar olib borilayotgan edi.

Imzolangan ushbu hujjat sharofati bilan endilikda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro almashinuv dasturlari, Erasmus+ doirasidagi qo‘shma xalqaro loyihalar va grantlar, ikki tomonlama ilmiy va amaliy hamkorlik ishlari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-06-13 16:31:44 22