Voleybol sport turi bo'yicha "Rektor kubogi" sport musobaqalariga start berildi

Samarqand davlat chet tillar institutida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish ustuvor vazifamiz hisoblanadi.

Professor-o'qituvchilar hamda ishchi xodimlar o'rtasida jamoaviy ruh va sportga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sportning voleybol turi bo'yicha (ayollari o'rtasida) "Rektor kubogi" sport musobaqalariga start berildi.

Musobaqada fakultetlardan shakllangan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashishmoqda. Har bir o‘yin yuqori darajadagi raqobat va sportga xos murosasizlik ruhida o‘tmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-06-24 15:41:51 9