Tajribali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislaridan tarkib topgan komissiya tomonidan abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalari ikki bosqichda – yozma (ijodiy insho) hamda og‘zaki suhbat shaklida sinovdan o‘tkazildi.
Institut ma’muriyati tomonidan imtihonlarning har tomonlama shaffof, halol va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilib, xavfsizlik choralari ko‘rildi.
Jarayon ijtimoiy tarmoqlar hamda institut hovlisi va faollar zalida o‘rnatilgan katta ekranlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib borildi. Ota-onalar farzandlarining imtihon topshirish jarayonini onlayn kuzatishdi.










English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
