SamDCHTIda talaba yoshlarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish jarayonini samarali tashkil etish hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
👉 Markaz orqali talabalar TTJga joylashish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy yordam olishlari;
👉 ijara xonadonlarini topish va tanlash bo‘yicha ko‘mak olishlari;
👉 yashash joyi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislarning tavsiyalaridan foydalanishlari mumkin.
Hurmatli talabalar!
Agar siz TTJga joylashish yoki ijara xonadonini topish bo‘yicha yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi”ga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43-uy.
☎️ Murojaat uchun telefon: +998-66-234-12-61.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
