O'quv-tanishuv amaliyoti — malakali mutaxassislar tayyorlashda ilk qadam

Nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash oliy ta'lim samaradorligini oshirishning xalqaro tajribada sinalgan usullaridan biridir. Amaliyotning har qanday turi malakali mutaxassislar tayyorlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
O'quv jarayoni jadvaliga ko'ra joriy o'quv yilida birinchi kurslarda o'tkaziladigan o'quv-tanishuv amaliyoti 4 haftani tashkil etadi va u 2019-yil 1-apreldan 27-aprelga qadar davom etadi. 
Ingliz tili-I fakulteti "Ingliz tili tarixi va grammatikasi" kafedrasiga biriktirilgan 1-kurs talabalari shahardagi 2, 7, 17, 37 hamda 45-sonli umumta'lim maktablarida malakaviy amaliyot o'tashmoqda. 
Unda talabalar maktabning tashkiliy tuzilmasi, maktab rahbariyati, jamoasi, o‘qituvchi va sinf rahbarining ish rejasi, fan bo‘yicha kalendar rejasi, dars ishlanmalari, sinf jurnallari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tanishmoqdalar. Bu bo'lajak o'qituvchining kasb faoliyatiga juda yaqin sharoitda o'tishini va o'quvchilar bilan uzoq  muddat mobaynida tizimli kundalik muloqotga kirishish hamda ishlash imkoniyatini yaratadi.

Share:
2019-04-16 17:10:00 83